Indoneziyada 74 ta o‘q jarohatidan tirik qolgan urg‘ochi orangutan topildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
U Achex pronvinsiyasidagi mahalliy fermalardan birida pnevmatik to‘pponchadan o‘qqa tutilgan.
Urg‘ochi orangutan bolasi bilan plantatsiyalardan biriga kirgan. Plantatsiya egasi ularni xavfli deb hisoblab o‘qqa tutgan. Orangutan bolasi o‘qdan olgan jarohatlari tufayli halok bo‘lgan.
Hope (Umid) deb laqab qo‘yilgan urg‘ochi orangutan esa reabilitatsiya qilish uchun hayvonlar parvarish qilinadigan markazga olib ketilgan.
Orangutanlar yo‘qolib ketish arafasida bo‘lgan hayvon bo‘lib, dunyo bo‘yicha ular atigi 100 mingta qolgan.
Izoh (0)