O‘zbek yozuvchisi Hamid Ismoilning “Jinlar bazmi” romani (tarjimon Donald Reyfild) 2019-yilgi Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki adabiy mukofoti g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Xalqaro mukofot 7-mart kuni YeTTBning Londondagi qarorgohida o‘tgan tantanali marosimda topshirilgan.
Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki 20 ming funt sterling miqdoridagi pul mukofoti (26 ming dollar) bergan bo‘lib, u roman muallifi va tarjimon o‘rtasida bo‘linadi.
O‘zbek romanchiligi asoschisi Abdulla Qodiriy hayoti va u asarlarida tasvirlagan xonlar davri haqidagi roman o‘zbek tilidan ingliz tiliga o‘girilgan birinchi yirik asar.
Izoh (0)