Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan “Ikki eshik orasi”, “Sariq devni minib”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Oq kema”, “Shamol ortidan yugurib” kabi jami 40 nomdagi o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti hamda jahon adabiyoti namunalarining audiokitob shaklidagi varianti yaratildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.
Kutubxonada ushbu audiokitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va ular kitobxonlar e’tiboriga havola etildi.
Taqdimotda O‘zbekiston xalq yozuvchisi Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon, filologiya fanlari nomzodi Rahimboy Jumaniyozov ishtirok etdi.
Joriy yil yakuniga qadar Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan yana 40 nomdagi asarni audiokitob shaklidagi variantini yaratish rejalashtirilmoqda.
Izoh (0)