Namangan shahridagi Adiblar xiyobonida “Namanganni eng kitobxon viloyatga aylantiramiz” nomli yirik tadbirga start berildi. Bu haqda “Namanganskaya pravda” xabar bermoqda.
“Davlat rahbari tashabbusi bilan bu yil bizga 1 millionta kitob sovg‘a qilinadi. Bepul. Yana viloyatdagi sport maktablariga sport inventarlari, bolalar musi qa va san’at maktablariga yangi musiqa sozlari ham”, — dedi viloyat hokimining o‘rinbosari Faxriddin Matkarimov.
Prezident maslahatchisi o‘rinbosari Farhod Mahmudov viloyat hokimi o‘rinbosariga Namangan 1 millionta kitobni sovg‘a sifatida qabul qilib olishi to‘g‘risidagi sertifikatni topshir di.
25 ming nusxadagi badiiy adabiyotlarning birinchi turkumi Namanganga yetkazib kelindi. Yozuvchilar uyushmasi va Yoshlar Ittifoqi vakillari ularni maktab kutubxonalariga taqdim etadi.
Shuningdek, viloyatdagi har bir shahar-tumanda o‘ntadan namunali kutubxona ish boshlaydi.
Izoh (0)