• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Milliy matbuot markazi raisi vazirlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga murojaat yo‘lladi

    O‘zbekiston Milliy matbuot markazi raisi Shavqiddin G‘aniyev vazirlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga murojaat yo‘lladi. Murojaat O‘zAda e’lon qilindi. Shavqiddin G‘aniyevning mulohazalari bilan quyida tanishishingiz mumkin.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Barcha demokratik davlatlarda vazirlar va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari jamiyatda ro‘y berayotgan yoki berishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlar yuzasidan jamoatchilikka tezkor axborot berib borishadi.

    Yevropa davlatlarida vazirlar har kunlik ishini “Milliy matbuot markaz”ida (Markazlar turli davlatlarda turlicha nomlansa-da, barcha davlatlarda yagona hisoblanadi va uning boshqa shakldagi muqobili yo‘q) jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan voqea-hodisalar, tanqidiy munosabat bildirilgan yoki keng muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan o‘zining munosabatini bildirib, boradilar.

    Lekin negadir hurmatli rahbarlar, Siz bu tajribadan samarali foydalanmaysizlar.

    To‘g‘ri, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Mudofaa vazirligi, Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi hamda Samarqand viloyati hokimligi bu borada ancha tajriba to‘plagan.

    Biroq xalq ta’limi, madaniyat, tibbiyot, farmatsevtika, yoshlar, ma’naviyat, matbuot va so‘z erkinligi, ijtimoiy himoya masalalari, uy-joy, qurilish, qishloq va suv xo‘jaligi, fermerlik harakati, havo va temir yo‘llari, kommunikatsiya, tashqi savdo, import, tadbirkorlik, investitsiya, tashqi mehnat migratsiyasi siyosati va boshqa sohalardagi olamshumul yangiliklar, jamiyatimizda ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar to‘g‘risida, hayotimizda amalga oshirilayotgan tub burishlar haqida to‘laqonli ma’lumotlar deyarli berilmayapti.

    Natijada keyingi ikki yil davomida mamlakatimizning barcha jabhasini birdek qamrab olgan islohotlarning mazmun-mohiyati haqida, Davlat dasturlarining bajarilish jarayonlari va belgilangan chora-tadbirlar, ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan muhim axborotlar sirligicha qolib ketmoqda!

    Biroq odamlar, jurnalistlar, shu jumladan, blogerlar Siz aytmagan axborotlarni yot, shubhali manbalardan izlabgina qolmay, topib ham olayotirlar.

    Shahar darvozasini yopish mumkin, lekin informatsiyani yopib bo‘lmaydi. Kundan-kunga shiddat bilan o‘zgarayotgan zamon uzuq-yuluq javoblar bilan qanoatlanmay qolganligi ham hech kimga sir emas.

    Shunday ekan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ko‘ndalang qo‘yilgan bir-biridan muhim, dolzarb vazifalarni sifatli va samarali amalga oshirish jarayonlari haqidagi shaffof, to‘g‘ri hamda xolis axborotlar bugun jamiyatga suv bilan havodek zarur.

    Demak, birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida boshlangan mamlakatni modernizatsiyalash jarayonlari, qabul qilinayotgan qonun va normativ huquqiy hujjatlarning maqsad-muddaosi, tarmoq, soha va hududlarni rivojlantirish, “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijrosining bugungi holati to‘g‘risida xalqimiz bugun bilishi lozim.

    Ikkinchidan, xalqimizning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish yo‘lida g‘ov bo‘lib qolayotgan byurokratizm, tamagirlik, loqaydlik va korrupsiya singari illatlarga qarshi olib borilayotgan izchil kurashlar haqida bugun aytilishi kerak.

    Uchinchidan, xalqimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, o‘z kuchiga, ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va yangi marralar sari safarbar etish borasida olib borilayotgan ustuvor vazifalar haqida, mamlakatimizda ijtimoiy adolat va qonun ustuvorligini ta’minlash, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, millatlararo hamjihatlik muhitini mustahkamlash borasida belgilangan chora-tadbirlar to‘g‘risida odamlar bilib borishi nur ustiga a’lo nur bo‘ladi.

    To‘rtinchidan, jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otayotgan voqea-hodisalar, OAVda, ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama etilayotgan masalalar yuzasidan kechiktirmasdan qat’iy yondashuvingizni ma’lum qilishingiz, muayyan mavzu bo‘yicha xalqimizda, jurnalistlarda, shu jumladan, blogerlarda tug‘ilayotgan savollarga aniq va asosli javobingizni qaytarishingiz, lozim topilsa, har kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazi minbarida munosabatingizni bildirib borishingiz kerak.

    O‘zbekiston Milliy matbuot markazi bu masalalar yuzasidan Sizga ishonchli minbardir.

    O‘z navbatida markazda vazirlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari OAV vakillariga to‘g‘ri, xolis va shaffof axborotlarni berib borishi uchun davr talab qilgan darajadagi imkoniyatlar hozirlangan. OAV vakillari uchun axborotlarni olish va ularni tezkor uzatishiga qulay sharoitlar yaratilmoqda. Markaz faoliyatini yana-da takomillashtirish va moddiy-texnik bazasini modernizatsiyalash borasida chora-tadbirlar belgilangan.

    Shu bilan bir vaqtda, markaz anjumanlarida ishtirok etadigan mahalliy va xorijiy muxbirlar, mustaqil jurnalistlar, blogerlar, fotomuxbirlar ro‘yxati shakllantirilib, doimiy hamkorlikda ishlovchi “Jurnalist va blogerlar klubi”ni tashkil etish borasida ishlar olib borilmoqda.

    Hurmatli vazirlar, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlari!

    Mamlakatimizda fuqarolarning to‘g‘ri va xolis axborot olish sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarishni davrning o‘zi talab qilmoqda. Bu boradagi o‘rningiz va rolingiz birinchi qatorda turganini xalqimiz juda yaxshi biladi.

    Shuning uchun O‘zbekiston Milliy matbuot markazi Siz bilan o‘zaro hamkorlikni yana-da mustahkamlashga, takomillashtirishga va matbuot hamda so‘z erkinligini amalda ta’minlashga tayyor!

    11.03.2019, 13:50   Izoh (0)   12302
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shvetsiya prokuraturasi Gulnora Karimova ishi yuzasidan Telia sobiq direktoriga nisbatan chiqarilgan oqlov qarori ustidan arz qiladi

    11.03.2019, 13:37

    Qashqadaryoda jinoyatchilikka qarshi faol kurashganlarga 317 million so‘m pul mukofoti berildi

    11.03.2019, 12:53

    O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasini almashtirishda talab qilish taqiqlangan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi

    11.03.2019, 12:21

    Shavkat Mirziyoyev Efiopiya prezidenti va BMT Bosh kotibiga ta’ziya bildirdi

    11.03.2019, 12:10

    Farhod Shermatov IIBB patrul-post xizmati brigadasi komandirining o‘rinbosari etib tayinlandi

    11.03.2019, 11:50

    Farg‘onada tojikistonlik va qirg‘izistonlik yoshlar ishtirokida xalqaro festival boshlandi

    11.03.2019, 11:44
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shimoliy Koreya Rossiyaga 12 mln dan ortiq snaryad yetkazib bergan — OAV

    Dunyo | 13 iyul, 17:50

    Britaniyada 60 ga yaqin deputat Falastin davlatini darhol tan olishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 17:30

    Marg‘ilonda 2,5 yashar bolani bosib ketgan Gentra haydovchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 17:12

    Tramp joriy etishi kutilayotgan sanksiyalar Rossiya neftiga global embargo keltirib chiqarishi mumkin

    Dunyo | 13 iyul, 16:40

    Isroil zarbalaridan bir kechada kamida 29 nafar falastinlik, jumladan, 6 nafar bola halok bo‘ldi

    Dunyo | 13 iyul, 16:15

    O‘zbekistonda sun’iy intellekt yordamida dori vositalariga bozor ehtiyojlari o‘rganilishi kutilmoqda

    O‘zbekiston | 13 iyul, 15:55

    Germaniya Ukrainaga yordam berish uchun Patriot raketalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

    Dunyo | 13 iyul, 15:20

    AQSH Yaponiya va Avstraliyadan Xitoy—Tayvan o‘rtasidagi ehtimoliy urushda tutadigan pozitsiyasini ochiqlashni talab qilmoqda — FT

    Dunyo | 13 iyul, 14:50

    Toshkentda muddatli to‘lov asosida avtomashina sotuvchi MCHJ qasddan bankrot qilindi

    O‘zbekiston | 13 iyul, 14:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.