O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 10-mart kuni Addis-Abeba aeroportidan uchib chiqishda samolyotning qulashi oqibatida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilar, jumladan, BMT tizimining 19 nafar xodimi halok bo‘lgani munosabati bilan Efiopiya prezidenti Saxle-Vork Zevde va BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishga samimiy hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, halokatga uchragan samolyot bortida 33 mamlakatdan 149 nafar yo‘lovchi, shuningdek, sakkiz nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Ro‘yxatga olish raqami ET-AVJ bo‘lgan Boeing 737-800 MAX mahalliy vaqt bilan 08:38 da (Toshkent vaqti bilan 10:38) Addis-Abebadan Nayrobiga yo‘l olgan, u bilan aloqa 08:44 da yo‘qolgan.
Izoh (0)