Paxtachi tuman IIB voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi katta inspektori Ibodat Jo‘raqulova podpolkovnik unvoniga sazovor bo‘ldi. Bu yangilik Samarqand viloyat ichki ishlar tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlar, faxriy ayollar uchun bayram tadbirida e’lon qilindi, deya xabar beradi Zarnews.
Viloyat ishki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Aziz Toshpo‘latov yig‘ilganlarni bayram bilan qutlar ekan, tizimda erkaklar bilan bir safda xizmat qilayotgan xotin-qizlarning mehnatini e’tirof etdi.
Tadbir davomida sohada faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh xotin-qizlarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)