Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova Moskva — Toshkent reysi davomida yo‘lovchi ayollardan biriga tez tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Uchish vaqti O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolning tobi qochdi — birdaniga qorni kuchli og‘rib qoldi. Samolyot ovoz kuchaytirgichi orqali shifokor kerakligi e’lon qilindi va Skvorsova yordamga shoshildi.
Vazir vaziyatni hayot uchun xavfli emas deb topdi va o‘zi doim olib yuradigan aptechkadan dori-darmonlar olib keldi. Ularni qabul qilgandan so‘ng yo‘lovchi ayolning holati yaxshilandi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova boshchiligidagi delegatsiya bugun, 6-mart kuni O‘zbekistonga keldi.
Izoh (0)