27—28-fevral kunlari Xanoyda bo‘lib o‘tgan AQSh—KXDR sammitida Shimoliy Koreya tomoni Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Yonbyon yadro markazida (qurol uchun plutoniy ishlab chiqariladigan uranni boyitish zavodi) aynan nimani yo‘q qilishga tayyorligi haqida ma’lumot bermagan, deya xabar beradi “TASS”.
“Ular (KXDR vakillari) Yonbyonda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarini umumiy nuqtai nazardan aytib o‘tishgan, ammo aynan nima taklif qila olishlarini aytmagan”, — deydi AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo. U “Qo‘shma Shtatlar KXDR bilan muzokara stoliga qaytishga va yadroviy masalalar muhokamasini davom ettirishga urinayotganligini” qayd etgan.
Shuningdek, AQSh Davlat kotibi KXDR vakillari muzokaralar chog‘ida sanksiyalarni to‘liq bekor qilishni talab qilganligini ta’kidlagan.
Izoh (0)