Volgogradda Mitsubishi rusumli mashina yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Vesti.ru”.
Qayd etilishicha, hodisa Volgograd—Moskva trassasida mahalliy vaqt bilan 10:04 da sodir bo‘lgan.
Oqibatda yengil avtomobilda bo‘lgan besh kishi halok bo‘lgan, ular orasida yosh bola ham bor.
Voqea joyida favqulodda vaziyatlar xodimlari hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)