21-yanvardan beri Qora dengizda yonishni boshlagan ikki kemadan biri Candy’da yong‘in o‘chirildi, ikkinchi tanker Maestro’da esa bir yong‘in o‘chog‘i borligi qayd etildi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya kompaniyasiga qarashli Candy va Maestro tankerlarida yong‘in 21-yanvar kuni Kerch bo‘g‘ozida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in suyultirilgan gaz yoqilg‘isining bir kemadan boshqasiga quyilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan.
Tankerda bo‘lgan 32 nafar dengizchilardan 12 kishi qutqarilgan bo‘lib, ular orasida Turkiya va Hindiston fuqarolari ham bor.
Izoh (0)