Donald Tramp Kim Chen In bilan uchrashganidan so‘ng samolyot uchib-qo‘nish yo‘lagida avariya sodir bo‘lganligi uchun Vyetnamdan darhol uchib keta olmadi, deb yozadi Forum Daily.
Donald Tramp Air Force One bortiga ko‘tarilgan avtotrap orqaga qaytishdan bosh tortgan. Shu sababli AQSh prezidenti xavfsizligi uchun javobgar bo‘lgan 10 nafar maxfiy xizmat xodimi trapni o‘zlari itarishga majbur bo‘lgan.
Natijada Donald Tramp chiqqan samolyot Xanoydan biroz kechikish bilan uchgan.
Aeroportda bo‘lgan odamlar bu jarayonni videoga olgan.
Eslatib o‘tamiz, Tramp va Kim Chen In muzokaralari muddatidan avval tugagan bo‘lib, ular hech qanday kelishuvga erisha olmagan. Ikki tomonlama bitimni imzolash marosimi ham, birgalikda ishchi tushlik o‘tkazish ham bekor qilingan.
Tramp sammitdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar mustahkam ekanligi, biroq imzolash uchun hech qanday yaxshi narsa bo‘lmaganini aytgan. Shuningdek, Pxenyanga qarshi barcha sanksiyalar o‘z kuchida qolganini ta’kidlagan.
Izoh (0)