1—2-mart kunlari O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Abu-Dabi shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining (TIVK) 46-sessiyasi ishida ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lish doirasida IHT rahbariyati va TIVKda ishtirok etayotgan delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)