UFC chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Abdulaziz Alining fikricha, Konor Makgregor dog‘istonlik bilan qayta jang uyushtirishdan qochmoqda. Bu haqda TMZ xabar beradi.
“Konor qayta jang o‘tkazish haqida so‘ramadi. U hattoki revansh jangi haqida ham o‘ylamayapti. Uning otasi, onasi, ayoli, bolalari, butun Irlandiya ikkinchi jangdan qo‘rqmoqda. Ular hatto “revansh” so‘zini aytishdan qo‘rqadi. Qo‘rquv butun Irlandiyani qamrab oldi. Habib har kim bilan kurashga tayyor: tuya, eshak, ayiq. U hatto yo‘lbars bilan kurashga ham tayyor. Men faqat bitta narsani bilaman: biz Konor tinchgina kun o‘tkazishini, o‘z hayotida xotirjam yashashini xohlaymiz. U hal qilishga kuchi yetmaydigan vazifalarni bajarmasligini unutmasligi kerak”, — deydi Abdulaziz.Habib Nurmagomedov o‘tgan yilning oktabr oyida Konor Makgregorni UFC 229 musobaqasida mag‘lub etgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)