22-fevral kuni Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida yashovchi N.X. yuzini egnidagi kiyimi bilan berkitib, pichoq va temir quvur bilan qurollangan holda “Progress gaz servis” MChJga qarashli avtomashinalarga gaz yoqilg‘isi quyish shoxobchasi operator xonasiga bostirib kirdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
U shoxobcha operatorlari N.R. va M.S.larni temir quvur bilan urib, jarohat yetkazgan.
So‘ng M.S.ni pichoq bilan qo‘rqitib, kassadan 505000 so‘m olib, voqea joyidan yashirinayotgan paytda shu hududda tungi xizmatga jalb qilingan IIB xodimlari tomonidan ushlangan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)