Qibray tumanidagi elektr stansiyasida 22-fevral kuni yong‘in sodir bo‘lgani, oqibatda Toshkent shahrining “Suvsoz” korxonasiga qarashli “Qodiriya” bosh suv inshootining ish rejimi buzilgani haqida xabar berilgan edi.
Hodisa oqibatida poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod, Bektemir, Yunusobod, Olmazor, Uchtepa va Yakkasaroy tumanlarida suv bosimida pasayish, ayrim tumanlarda esa suv ta’minotining to‘liq uzilishi kuzatilgan edi.
“Yuzaga kelgan nosozliklar Toshkent viloyati elektr tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan shu kunning o‘zida, kechki soat 23:00 da bartaraf etilgan”, — deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
“Suvsoz” tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida suv ta’minotidagi uzilish va suv bosimi pasayishi holatlari bartaraf etilgan va “hozirda poytaxt aholisiga uzluksiz ichimlik suvi yetkazib berish ta’minlangan”.
Izoh (0)