2018-yil avgust oyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari Odiljon Tojiyev Toshkent viloyati hokimining o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi. Bu haqda “Daryo”ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.
Bugun uning safdoshlari soni ortmoqda. Joriy hafta avvalida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari O‘tkir Shukurov Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari vazifasini bajarishga kirishdi.
Kuni kecha 3 nafar salohiyatli kadr ham munosib lavozimlarni egalladi.
Yoshlar ittifoqi Zangiota tuman kengashi raisi Sirojiddin Nosirov Nurafshon shahri hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan bo‘lsa, ittifoqning Nurafshon shahar kengashi raisi Baxtiyor Shirov Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komisiyasi mas’ul kotibi, Respublika yoshlar markazi Toshkent shahar bo‘linmasi direktori Husan Bekmurodov esa Qibray tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Izoh (0)