O‘tgan hafta Iroqning Diyala viloyatida dunyoga kelgan yetti nafar egizak shifoxonada vafot etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Chaqaloqlar 19-fevral, seshanba kuni vafot etdi. Ularning o‘limi tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
25 yoshli ayol 15-fevral kuni al-Battul shifoxonasida olti qiz va bir o‘g‘ilni tabiiy yo‘l bilan dunyoga keltirgan edi. Chaqaloqlarning otasi Yusef Fadl uch nafar farzandi bo‘lgani sabab, juftlik boshqa farzand ko‘rishni rejalashtirmaganini, homiladorlik esa kutilmagan hol bo‘lganini tan olgan.
Mahalliy OAV egizaklar mutlaqo sog‘lom dunyoga kelganligini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)