Kaliforniya va Nyu-Yorkni o‘z ichiga olgan o‘n oltita AQSh shtati Donald Tramp ma’muriyatiga qarshi da’vo arizasi bilan murojaat qilgan, deya xabar beradi “Exo Moskvi”.
Bu Meksika bilan chegarada devor qurilishini moliyalashtirish uchun joriy etilgan favqulodda holat bilan bog‘liq.
Da’vo arizasi San-Fransiskodagi federal sudga taqdim etilgan.
Hujjatda ta’kidlanishicha, prezidentda mablag‘larni ushbu maqsadlar uchun yo‘naltirish vakolati mavjud emas, chunki AQSh Kongressi ushbu xarajatlarni nazorat qiladi.
Izoh (0)