Prezidenti Donald Tramp Mayyamidagi venesuellalik muhojirlar oldida chiqish qilar ekan, AQSh Venesuelada hokimiyatni tinch yo‘l bilan o‘zgarishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
U Amerika Qo‘shma Shtatlari Venesuelada demokratiya qayta tiklanishini istashini qayd etgan.
Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qo‘llab-quvvatlagan barcha mansabdor shaxslar va harbiylarga qarata oilalari bilan tinch-totuv yashash uchun muxolifat lideri Xuan Guaydoning amnistiya haqidagi saxiy taklifini qabul qilishi mumkinligini aytgan.
Oq Uy rahbarining aytishicha, ular “oson yo‘l” va “xavfsiz hudud”ga umid qilmasligi kerak, sababi ular barchasini yo‘qotadi.
Izoh (0)