Nigeriyada noma’lum shaxslarning hujum qilishi oqibatida 66 nafar kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”.
Halok bo‘lganlarning 22 nafari bola, 12 nafari ayol bo‘lgan, yana 4 kishi yaralangan.
Qayd etilishicha, o‘ldirilgan odamlar har xil qishloqlardan bo‘lgan.
Hozirda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Mahalliy politsiya voqea tafsilotlarini aniqlamoqda.
Izoh (0)