AQSh Kongressi senati 14-fevral kuni federal hukumatni moliyalashtirish haqidagi qonun loyihasini tasdiqladi. Bu 15-fevral kuni kutilayotgan navbatdagi shatdaunning oldini olishga xizmat qiladi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
Moliyalashtirish joriy yil sentabr oyigacha bo‘lgan muddatni qamrab oladi. Unda Meksika bilan chegarada devor qurish uchun zarur 5,7 milliard dollar o‘rniga atigi 1,37 milliard dollar ajratilgan.
Qonun loyihasini Vakillar palatasi ham qabul qildi. Endi hujjatni prezident Donald Tramp imzolashi kerak.
Izoh (0)