15-fevral kuni Parijdagi metroda kislotadan foydalangan holda hujum qilish oqibatida bir kishi jiddiy jarohatlandi, deb xabar berdi “TASS”.
Aniqlashtirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Parij vaqti bilan soat 07:00 da poytaxt metrosining “Bastiliya” va “Lion vokzali” stansiyalari oralig‘ida sodir bo‘lgan.
Ikki yo‘lovchining o‘zaro janjali oqibatida biri ikkinchisiga kislota sepib yuborgan.
Qayd etilishicha, hujum qilgan shaxs voqea joyidan qochib ketgan. Hozirda politsiya qidiruv ishlarini olib bormoqda.
Jabrlanuvchining holati juda og‘ir ahvolda deb baholangan.
Izoh (0)