• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Milliardlaridan ajralish bo‘sag‘asidagi Facebook va janglarga tayyor bo‘lmagan sun’iy ong. Jahon matbuoti sharhi

    Tugayotgan haftada jahon matbuotida qanday mavzular muhokama qilindi, qanday shovshuvli maqolalar chop etildi? “Daryo”ning haftalik dayjestidan buni bilib olasiz.

    Demokratiya aparteidni himoya qilsa…

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Project Syndicate tahliliy maqolalar markazi AQSh – Isroil munosabatlari masalasidagi “AQSh va Isroil Falastinga tinchlik o‘rniga aparteid taklif qilmoqda” maqolasini chop etdi.

    Maqolada AQSh Isroilni qo‘llab-quvvatlayotgani, Falastin xalqining qonuniy huquqlari faqat so‘zdagina tan olinib, amalda toptalayotgani haqida so‘z boradi.

    Darhaqiqat, prezident Donald Tramp hokimiyat tepasiga kelgach, Falastin muxtoriyati “ikki davlat” konsepsiyasi asosida AQSh hukumati bilan 2017-yilning birgina o‘zida 40 marotaba rasmiy uchrashuv o‘tkazdi va har safar mavzuga aloqador bo‘lmagan sabablar bilan Falastin muxtoriyati taklif qilgan tashabbuslar rad etildi yoki bee’tibor qoldirildi. Isroil Quddusni poytaxt deb tan olinishi, AQSh elchixonasining Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirilishi, Falastin muxtor o‘lkasining Vashingtondagi vakolatxonasi yopilishi, falastinlik talabalarga belgilangan nafaqalarning to‘xtatilishi, falastinliklar uchun qurilgan shifoxonalarning ta’minotdan chiqarilishi buning yaqqol misolidir.

    Maqolada, Isroil va Falastin o‘rtasidagi tinchlik faqatgina Isroil 1967-yilda egallab olgan Golan tepaliklari va Sharqiy Quddusda arablarni nazorat qilishdan voz kechsagina amalga oshishi mumkinligi yoziladi.

    Sun’iy ong hali janglarga tayyor emas

    Robot Sofia, RISE texnologik konferensiyasi, Honkong. Foto: AFP/Getty Images

    Robot Sofia, RISE texnologik konferensiyasi, Honkong. Foto: AFP/Getty Images

    AQSh mudofaa vazirligi 12-fevral kuni “sun’iy ongdan foydalanish borasida” yo‘l xaritasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, yaqin kelajakda sun’iy ongdan foydalanish ancha amaliy kasb etadi. Lekin ayni paytda asosiy muammo mustaqil qaror qabul qiladigan va vaziyatga qarab ish tutadigan tizim yaratishning qiyinligidadir. Bu yerda gap “Terminator” va “Men robot” kabi filmlaridagi singari robotlar haqida ketmayapti.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh Mudofaa vazirligi hozircha tabiiy ofatlarga (yong‘in, toshqin, zilzila) qarshi kurashda yordam beradigan hamda harbiy jihozlarga xizmat ko‘rsatishda foydalansa bo‘ladigan sun’iy ong haqida gap ketayotganini ta’kidlagan.

    Murakkab “sun’iy ong” yaratish uchun ko‘plab algoritmlar yaratish kerakligi vaqt masalasidir deb ta’kidlangan.

    Facebook’ni kutayotgan ko‘p milliardli jarima

    Foto: AFP / Getty Images

    Foto: AFP / Getty Images

    AQSh Federal savdo komissiyasi va Facebook rahbariyati o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tmoqda. Muzokaralarda iste’molchilarning ma’lumotlari xavfsizligi qoidalari buzilgani munosabati bilan Facebook kompaniyasiga solinadigan avval hech qaysi kompaniyaga solinmagan ulkan miqdordagi jarima haqida gap ketadi. Facebook rahbariyati federal komissiyaning bu qaroridan tashvishga tushganini bildirgan, ammo hech qanday ma’lumotlarni oshkor etmagan.

    Muzokaralar tinch yo‘l bilan hal etilmasa, ish sudgacha borib yetishi mumkin.

    Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Facebook kompaniyasi foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari qay tarzda Cambridge Analytica kompaniyasi uchun ochiq bo‘lib qolgani borasida OAVda noroziliklarga sabab bo‘lgan edi. Natijada kompaniya 2018-yil may oyida o‘z faoliyatini to‘xtatganini ma’lum qilgan.

    Federal savdo komissiyasining Facebook’ni jarimaga tortish borasida olib borayotgan muzokaralari bir qator norozilikka sabab bo‘lgan.

    Ushbu voqea yuzasidan Washington Post nashrida e’lon qilingan maqolaga ijtimoiy tarmoqlarda turli fikrlar kelib tushgan. Jegonus ismli foydalanuvchi shunday sharh qoldirgan: “Muzokara? Bu jarimami yoki xayri saxovatmi?”

    Kordelia ismli foydalanuvchi ham, o‘z noroziligini bildirar ekan, shunday sharh qoldirgan: “Ularga jarima tayinlamang. Ularni qamoqqa tashlang, balki shunda oq yoqali janob jinoyatchilar o‘z xatti-harakati oqibatlarini anglab yetar”.

    Jude Dallas ismli sharh egasi “katta kompaniya uchun jarimalar chivin chaqqandek ham emas. Ular shundan ham o‘z boyligini ko‘paytirish uchun foydalanadi. Faqat qamoq ularga yaxshi dars bo‘lishi mumkin. O‘zi Federal savdo komissiyasi kim tarafida?”

    AQSh diplomatiyasining mag‘lubiyati

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens va davlat kotibi Mayk Pompeo 13–14-fevral kunlari Polsha poytaxti Varshavada bolib o‘tgan Yaqin Sharq masalasi bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etdi. Falastin va bir qator arab davlatlari qatnashmadi.

    Uchrashuvga kelgan rahbarlar orasida faqat Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni va AQSh davlat vakillari, kichik diplomatik maqomga ega bo‘lgan shaxslargina qatnashdi. Yevropa Ittifoqi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Federiko Mogerini, Fransiya va Germaniya kabi davlatlarning asosiy siyosiy elitasi qatnashmaganligini asosiy sababi sifatida Yevroittifoq Eron bilan tuzilgan yadroviy shartnomadan chiqishni istamaganidadir. AQSh esa Eronni “Amerikaga xavf solayotgan va yahudiylarni qirg‘in qilishga tayyor davlat” sifatida bohalashidir.

    Mazkur ushrashuvni Polshada o‘tkazishga rozilik bergan Polsha hukumatining Tashqi ishlar vazirligi xodimiga rasmiy Tehron g‘azabini to‘kib soldi.

    Qatar, Livan, Yaman, Iroq, Jazoir kabi arab davlatlari vakillari bu uchrashuvga kelishdan bosh tortdi.

    AQSh hukumati diplomatiyasi yana bir bor fiaskoni tatib ko‘rdi desa bo‘ladi.

    16.02.2019, 19:09   Izoh (0)   47600
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kanadada Iceberg Vodka kompaniyasining 30 ming litr aysberg suvi o‘g‘irlandi

    16.02.2019, 15:45

    AQShda 45 yashar erkak o‘zi ishlaydigan kompaniyada 4 nafar hamkasbini otib tashladi

    16.02.2019, 14:45

    Buyuk Britaniyada kamyob albinos-olmaxon suratga olindi

    16.02.2019, 14:08

    Tramp 2019-moliyaviy yil uchun AQSh budjetini tasdiqladi

    16.02.2019, 13:45

    Sloveniyada deputat sendvich o‘g‘irlagani uchun ishdan ketdi

    16.02.2019, 13:19

    Nigeriyadagi hujumlarda 60 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

    16.02.2019, 13:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Titanlar, o‘lim ilohlari va alkimyo haqida: eng mashhur yapon animelari

    Kino | 2 avgust, 17:35

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 17:20

    Parijdan Lissabongacha: hayot sifati bo‘yicha dunyodagi eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

    Sayohat | 2 avgust, 16:55

    Konor Makgregor Irlandiya prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yadi

    Dunyo | 2 avgust, 16:45

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.