AQShning Avrora shahrida (Illinoys shtati) joylashgan Henry Pratt kompaniyasida sodir bo‘lgan otishmada 5 kishi, jumladan, bunga qo‘l urgan erkakning o‘zi ham halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Shuningdek, hodisada 5 nafar politsiyachi jarohatlangan.
Shahar politsiyasi boshlig‘i Kristen Zemanga ko‘ra, erkakning shaxsi aniqlangan. U 45 yoshli Geri Martin bo‘lib chiqdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘zi ofisida otishma uyushtirgan kompaniya xodimi bo‘lgan. Uni bunga undagan sabablar hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)