13-fevral kuni ifloslangan suv iste’mol qilish Venesuelaning Ansoategi shtatida 15 nafar bolaning o‘limiga sabab bo‘ldi. Bu haqda mamlakat Milliy assambleyasi deputati Nora Bracho ma’lum qilgan, deb xabar berdi “TASS”.
“Ansoategada ifloslangan suvdan 15 nafar bola vafot etdi. Ular ochlik oqibatida og‘ir ahvolda edi. Bizning oilalarimizga suv ta’minoti yetib bormaydi”, — deydi deputat.
Fojiadan so‘ng parlament a’zosi mamlakatga zudlik bilan gumanitar yordam yuborilishi kerakligini ta’kidlagan.
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo gumanitar yordam 23-fevral kuni kelishini ma’lum qilgan.
Izoh (0)