Bloomberg axborot-tahlil agentligi asoschisi va egasi, milliarder Maykl Blumberg AQSh rahbari Donald Trampni ikkinchi muddatga prezident bo‘lishiga to‘sqinlik qilmoqchi. Bu haqda “Liga Novosti” xabar berdi.
Blumberg bu yo‘lda 500 million dollar sarflashga tayyor. Uning aytishicha, yarim milliard bu juda katta pul emas va Nyu-York sobiq meri bu maqsadda undan ham ko‘p pul sarflashi mumkin.
76 yoshli Blumberg o‘z saylovoldi kampaniyasiga barcha kuch va mablag‘larini qaratishga va’da bergan.
Agar prezidentlik saylovlarida ishtirok etmasa, saylovdan avval boshqa bir demokratni qo‘llab-quvvatlash uchun “misli ko‘rilmagan axborot kampaniyasi”ni ishga tushirishini aytgan.
AQSh prezidentligiga saylov 2020-yilda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)