Sevastopolda yashovchi 17 yoshli o‘smir kimyoviy moddalar ta’siri ostida onasi va buvisini o‘ldirgan, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Bola ularda jinlarni ko‘rgan, deydi shahar ombudsmani Marina Peschanskaya.
Yigit ayollarga pichoq va bolta bilan ko‘plab jarohat yetkazgan. Keyin esa g‘oyib bo‘lgan. Politsiya uni tezda qo‘lga olgan.
Giyohvand moddalarni iste’mol qilgan o‘smirga ruhiy ekspertiza belgilangan. Ilgari u o‘g‘irlik jinoyati uchun javobgarlikka tortilgan.
Fevral oyida yigit 18 yoshga kiradi.
Izoh (0)