Termiz shahri, Denov hamda Sariosiyo tumanlarida, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda maxsus taktik amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
O‘quv mashg‘uloti, shahar-tuman hududida yashovchi aholiga terroristik harakatlarni sodir etmoqchi bo‘lgan jangarilarni qo‘lga olish va ularni zararsizlantirish bo‘yicha o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda o‘ta xavfli va qurollangan jinoyatchilar hamda ular tomonidan garovga olingan fuqarolarni ozod etish yuzasidan qo‘mondonlik shtab hamda maxsus-taktik o‘quv mashg‘ulotlari davomida ishlarni to‘g‘ri tashkillashtirilishi o‘rganilib, amalda sinovdan o‘tkazildi.
Izoh (0)