O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi o‘z tashabbusi bilan ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama bo‘layotgan qaynukasi tomonidan 16 marta pichoq urilgan ayolning sud jarayonida ishtirok etishni maqsadga muvofiq deb topdi. Bu haqda “Daryo”ga qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Xotin-qizlar qo‘mitasi vakili mazkur ish yuzasidan sud jarayonida jamoatchi himoyachi sifatida qatnashib, ayolning qonuniy huquqlarini himoya qiladi.Ijtimoiy tarmoq orqali keng muhokamalarga sabab bo‘lgan qaynukasi tomonidan pichoqlangan homilador ayol voqeasi barchani larzaga soldi.
Ayol Facebook’dagi “Ne molchi.uz” guruhida yozishicha, u to‘rt yoshli farzandining ko‘z o‘ngida qaynukasi tomonidan pichoqlangan.
Ushbu harakatlarni sodir etgan yigit 40 daqiqa davomida kelinoyisining o‘limini kutgan.Hodisa mudhish oqibatlar bilan tugashi mumkin edi, biroq besh soatlik jarrohlik amaliyoti ayolni hayotga qaytardi, mo‘jiza bilan ona ham homila ham saqlab qolindi.14-fevral kuni ayol kesarcha kesish orqali farzandini dunyoga keltiradi.
12-fevral kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi sud majlisida mazkur ish bo‘yicha hukm o‘qiladi.
Izoh (0)