Toshkent logotipini yaratish bo‘yicha tanlov g‘olibi aniqlandi. G‘oliblikka MA’NO Branding agentligi sazovor bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi Spot.
Asosiy belgi — Toshkentning ochiq oltin darvozasi va T harfi ichiga tushadigan musaffo osmon bo‘lib, poklik, farovonlik va xotirjamlik timsolidir.
Bu belgi kommunikatsiyaning shartlari va yo‘nalishiga qarab osongina o‘zgarib turadi, rangi o‘zgarishi va har qanday shahar muhitiga, shu jumladan muzeylar, bog‘lar, davlat xizmatlari va boshqa ichki va tashqi kommunikatsiyalarga integratsiyalashuvini ta’minlaydigan turli tematik naqsh va shakllarni o‘z ichiga oladi va uning barqaror geometrik dizaynini tezda tanib olish mumkin:
Belgi bir mavzuda ham katta o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin, bu esa uni qo‘llash uchun keng imkoniyatlar ochadi.
Belgi va identifikatsiya shahardagi infrastrukturadan madaniy voqealarga qadar turli xil obyektlarga osongina moslashtirilishi mumkin, bu esa poytaxt hayotining barcha sohalarini qamrab olish imkonini beradi.
Toshkent shahar hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi shahar brendining taqdimotini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tadbirda logotip qanday yaratilganligi haqida ma’lumot beriladi.
Toshkent shahar hokimiyati Jamoatchilik Kengashi bilan birgalikda shahar brendining logotipidan foydalanish mumkin bo‘lgan maskanlar, usullari va shartlari ko‘rsatiladigan reglamentni tasdiqlaydi.
Izoh (0)