2018-yil iyunida Toshkentdagi kollejlardan birida o‘qituvchi bo‘lib ishlovchi 43 yashar Akram B. Samarqandda yashovchi Isomiddin X.ga o‘g‘lini Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga kirishiga yordam berishni va’da qiladi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Akram “yordam” uchun 5 ming AQSh dollari oladi va o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuboradi. Va’da qilingan ish bitmagach, Isomiddin ichki ishlar idoralariga murojaat qildi. Mazkur holat yuzasidan JKning 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi Akram B. qo‘lga olingan, tergov olib borilmoqda.
Izoh (0)