Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerning O‘zbekistonga tashrifi shu oy may oyiga rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi madaniy-gumanitar hamkorlikning dolzarb masalalari” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda “Xalq so‘zi”.
Shavkat Mirziyoyev Germaniyaga shu yil yanvar oyida qilgan rasmiy tashrifi chog‘ida Frank-Valter Shtaynmayerni O‘zbekistonga javob tashrifi bilan kelishni taklif etgandi.
Germaniya prezidenti shu yil bahorida O‘zbekistonga tashrif buyurishga tayyor ekanligini bildirgandi.
Izoh (0)