Rep-ijrochi Kirill Tolmatskiy (Detsl) Moskvadagi Pyatnitskiy qabristoniga dafn qilingan, deya xabar beradi “RBK”.
Musiqachining yaqinlari dafn marosimidan so‘ng repperning musiqasini qo‘yishni so‘ragan. Musiqachining muxlislari portativ kolonka yordamida uning “Mening rejam bor” (“U menya yest plan”) trekini qo‘ygan.
Musiqachi bilan vidolashuv 6-fevral kuni Prezident huzuridagi Markaziy klinik shifoxonasida bo‘lib o‘tgan.
Qo‘shiqchi 3-fevral kuni 35 yoshida vafot etgan. Hodisa Ijevskdagi konsertdan so‘ng yuz bergan. Konsert direktorining so‘zlariga ko‘ra, Detslning yuragi to‘xtagan.
Tergov qo‘mitasi musiqachining o‘limi yuzasidan tekshiruv boshlab, sud-tibbiy tekshiruv o‘tkazishga buyruq bergan.
Matbuot Detslning qonida hech qanday giyohvand modda aniqlanmaganligi haqida xabar bergan.
Izoh (0)