Tojikiston Sarez ko‘lini monitoring qilish qurilmalari uchun 3,5 million dollar yo‘naltiradi. Bu haqda Tojikiston hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar ko‘mitasi raisi Rustam Nazarzodaga tayanib, Sputnik ma’lum qildi.
Qurilmalarni to‘liq yangilash Osiyo Taraqqiyot banki loyihasi doirasida amalga oshiriladi.
“Ushbu loyihada ko‘l hududi atrofida tun-u kun navbatchilik olib borayotgan FVV xodimlari uchun zarur shart-sharoit yaratish ko‘zda tutilmoqda”, — deb aniqlik kiritdi Nazarzoda.
Yangi har kunlik monitoring texnikasi Usoy to‘g‘onida paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga, ushbu loyihada to‘g‘on yorilishi holatida aholini oldindan ogohlantirish tizimini joriy etish rejalashtirilgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hozir Sarez ko‘lida vaziyat barqaror.
Izoh (0)