• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston yo‘llari jahon standarti talablariga javob beradimi?

    Bugun jahon standartiga javob beradigan yo‘llarni qurish zamon talabiga aylanmoqda. Xo‘sh, bu borada O‘zbekistonda qanday ishlar amalga oshirilmoqda?! O‘zA Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi yetakchi mutaxassisi Ayjamal Joldasbayevaning shu mavzudagi maqolasini e’lon qildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Yashirmaymiz, oxirgi besh-olti yil ichida yo‘llar tekislandi, asfaltlandi: manzillarga xotirjam va xavfsiz yetib olishga ishonchimiz oshdi.

    Har yaxshining bir ammosi, bo‘lganidek yo‘llarda muammolar ham yetarlicha. IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘tgan yili 6 236 ta yo‘l-transport hodisasi yuz bergan va oqibatida 2 262 nafar kishi halok bo‘lgan, 8 458 kishi tan jarohati olgan. Bu bir kunda 6 kishi avtohalokat tufayli vafot etdi, deganidir. Ushbu avtohalokatlarning asosiy qismi Surxondaryo, Jizzax va Buxoro viloyatida, Qamchiq dovonida yuz bergan. Shaharlararo trassalarda muntazam ravishda avtomashinalarning qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketishi oqibatida YTHlar sodir bo‘ladi. Xo‘sh, bunga nima sabab bo‘lmoqda?..

    Ta’mirdan chiqqan “ta’mirtalab” yo‘llar…

    Kuzatganmisiz, nega yo‘llarimiz ta’mirdan tez chiqadi-yu, ammo uzoq chidamaydi?! Axir, bitta yo‘lni qurib bitkazish uchun oz-muncha xarajat ketadimi?! Yo‘llardagi ta’mirlash ishlari hech qachon tugamaydigandek tuyuladi, menga. Qaysi viloyatga safarga bormaylik, kilometrlarga cho‘zilgan, buzilayotgan yoki tuzatilayotgan yo‘l ustidan chiqamiz. Qarabsizki, bu yo‘llar aslida, yangi qurib bitkazilgan yo‘lning qayta ta’miri bo‘lib hisoblanadi. Nega bizga yo‘llar “chidamaydi”?!

    Aslida, muammo bizda emasligini yaxshi bilamiz. Mana necha yildirki, Qamchiq dovonidagi katta magistral yo‘lning 8 kilometrida hanuz rekonstruksiya ishlari tugallanmagan. Axir, vodiy bilan Toshkentga “ko‘prik” bo‘lgan yagona katta yo‘limiz shu emasmi?! Bu yo‘ldan poytaxtga respublika aholisining 30 foizi o‘tib-qaytadi. “Vodiy pereval” deganda uning to‘rt fasl qor ketmaydigan serviqor tog‘lari ko‘z oldimizga keladi. FVVdan keladigan tinimsiz SMS xabarlar ham aynan Qamchiq dovonidagi yo‘llardagi turli holatlardan ogohlantirishdir.

    D.Sobirov, haydovchi:

    — Toshkent—Andijon yo‘nalishida ko‘p yillardan beri haydovchilik qilaman. Tirikchilik shundan o‘tadi. Lekin har doim yo‘lga chiqqanimda “yuragimni qo‘limga ushlab” ketaman. Chunki Qamchiq dovonida izi ko‘rinmas tirbandlik, notekis yo‘l, o‘ydim-chuqurlardan qochish oqibatida uch marta avtohalokatga uchraganman. Allohga shukur jiddiy zarar yetmadi, lekin qanchalik ehtiyotkor bo‘lmayin, bu yana takrorlanishidan xavotirdaman. “O‘zavtoyo‘l” AKga vodiylik taksichilar bilan juda ko‘p murojaat qilganmiz. Ta’mirlab beriladi, deyishadi. Bu muammo faqat Qamchiq dovonida emas, Surxondaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida ham bor. Magistral yo‘llardagi halokatlar haqida eshitamiz. “Romitan” magistral yo‘li haqida haydovchilar “dod” deydi. 70 kilometrga cho‘zilgan chuqur va notekislikda yo‘l qoidalariga amal qilib yurishning o‘zi qiyin. Sayyohlar ham Samarqand, Buxoro, Xivaga borishda shu yo‘llardan yuradi-ku!

    “O‘zbekiston haqida hamkasbimdan eshitganman. Tarixiy shaharlar meni qiziqtirib qo‘ygan, — deydi ispaniyalik sayyoh Ortiz Netali. — Keyin Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida bo‘ldik. Hozir Orol dengizini ham ko‘rmoqchi edik. Ammo biz juda charchadik, poyezd yoki samolyotga chipta olmagan edik. Chunki yengil mashinada ketish qulay. Ammo yo‘lda juda qiynaldik”.

    Yo‘llar jahon standarti talablariga javob berishi kerak, deb chet ellik kompaniyalar bilan hamkorlik qildik. Yo‘l qurish yoki ta’mirlash bo‘yicha tenderlarda mahalliy tadbirkorlardan ko‘ra ularning ishlari afzal ko‘rindi. Natijada sifatsiz, talabga javob bermaydigan yo‘llar qurildi. Tadbirkorlarimizning bo‘lsa, katta magistral yo‘llar qurishga texnika va mablag‘i yo‘q.

    2018—2022-yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasi tasdiqlanganidan xabarimiz bor. Balki, o‘zgarishlar endi boshlanar…

    Yo‘l belgilari yo‘lni aniq ko‘rsatadimi…

    Ko‘pchiligimiz yo‘l belgilari va yo‘llarda joy nomlari noaniqligi sabab to‘siqlarga duch kelganmiz. Yo‘l belgilari kamligi, u ham noaniq joylashgani (masalan, daraxtlarning tagida, uylarning devorlarida) oqibatida yuz bergan avtohalokatlar ham talaygina. Yo‘l nomlarining to‘g‘ri yozilmagani va statistikadagi nomlar bilan bir xil emasligi sabab ko‘p adashamiz. Masalan, sayyohlar ko‘pincha avtomobilda sayohat qilishni istaydi. Chunki yo‘l-yo‘lakay manzaralarni tomosha qilish, muqaddas joylarda to‘xtab ketish kimni ham qiziqtirmaydi, deysiz. Ammo yo‘l xaritasidagi nomlar bilan “peshtaxta”ga ilingani boshqa-boshqa... Natijada sayohat qilaman, deb kelgan sayyohning vaqti yo‘l izlash bilan o‘tadi. Yo‘l belgilarini to‘g‘ri o‘rnatish shunchalik qiyinmi, deb o‘ylab qolasan, kishi. Belgi daraxtda osig‘liq bo‘lsa, yoki daraxtdan keyin joylashtirilgan, haydovchi esa daraxt ortiga yashiringan belgini ko‘rmay qoidani buzadi. Umuman yo‘l belgilari va yo‘lda joy nomlarini joylashtirishga kim javobgar?

    Yo‘lni qurib bersa bo‘ldi, xarajatini o‘zimiz ko‘taramiz…

    Tekis va asfalt yo‘llar hammaga kerak. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga fuqarolarning murojaatlarida ham aynan qishloqlarda yo‘llarni ta’mirlab berishini so‘rab, tegishli joylardan aniq javob ololmaganligi tufayli murojaat qilganlarning ham soni talaygina.

    Masalan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Taxtako‘pir tumanida yashovchi fuqaro M. Berdaqov “Qaratereng” OFYda yo‘llarning notekisligi sabab avtohalokatlarning tez-tez sodir etilishi, qish kunlarida “avariya”lar soni ikki barobar oshib ketishi va mahallalarda asfalt yo‘llar yo‘qligi”ni murojaatida keltirgan. Minglab murojaatlarda bu tilga olingan.

    Yo‘lda harakatlanish madaniyati…

    Yaxshi, talabga javob beradigan yo‘l qurib bersin, uning “madaniyati”ga ham amal qilamiz, deyishga shoshilmang. Albatta, avtohalokatlarga faqat yo‘l notekisligi sabab bo‘layotgani yo‘q. Bugun jahon statistikasiga murojaat qiladigan bo‘lsak, 35 foiz avtohalokatlar haydovchining aybi bilan sodir etilarkan. Hamma narsaning o‘z kasb etikasi bo‘lgani singari yo‘lda harakatlanish madaniyati ham bo‘ladi. Axir, haydovchilik guvohnomasi uchun o‘qiyotganimizda avvalo, yo‘l madaniyatini o‘rgatishadi. Yo‘l nazoratchilari qanchalik harakat qilmasin, ammo ularni “chuv” tushirib ketgan haydovchilar qancha?.. Nazorat kameralari qo‘yilgach vaziyat o‘zgardi. Lekin haliyam aholida yo‘l madaniyati to‘la shakllanmagan...

    Yo‘llarimiz…

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-fevraldagi “Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorida sohaga oid ko‘plab vazifalar belgilandi. Bu odamlarning dilidagi xabar bo‘ldi. Ammo farmonning ijrosi masalasida oqsoqlanishlar bordek.

    05.02.2019, 19:40   Izoh (0)   27605
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Payariqda “Jamoatchilik nazorati” yakunlariga ko‘ra 12 nafar rahbarga chora ko‘rish belgilandi

    05.02.2019, 19:29

    GM Uzbekistan Afg‘onistonga avtomobil eksport qila boshlaydi

    05.02.2019, 19:03

    Navoiy viloyati tasarrufiga o‘tkazilgan “Zafarobod”da ilk marotaba profilaktika kunlari tashkil etildi

    05.02.2019, 18:56

    O‘zbekiston AQShdan kartoshka yetishtirishni o‘rganishi mumkin

    05.02.2019, 18:48

    O‘zbekistonda onlayn auksion orqali avtomobil raqamlari sotuvi kamaydi

    05.02.2019, 18:22

    “Marhum qiynalib o‘lgan”. Tibbiy ekspert Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sudda nimalar dedi?

    05.02.2019, 18:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Bu qandaydir bema’nilik”. Tatariston prezidenti rus tilini bilmagan muhojir bolalarni maktabga qabul qilmaslik haqidagi qonunni tanqid qildi

    Dunyo | 24 avgust, 16:06

    O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga noqonuniy aralashganlar endi jarimaga tortiladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 15:47

    Rossiyaning yetakchi dron ishlab chiqaruvchisi bankrotlik yoqasiga kelib qoldi

    Dunyo | 24 avgust, 15:26

    “Men dumalayman”, “Yer kezuvchisi”: mashhur avtomobil brendlarining nomlari qanday ma’noni bildiradi?

    Avto | 24 avgust, 15:05

    Pentagonda tozalash: Trampni g‘azablantirgan razvedka boshlig‘i lavozimidan olindi

    Dunyo | 24 avgust, 14:44

    Qiziriq tumani hokimi faoliyatidagi sustkashlik uchun jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 14:05

    Niderlandiyada Falastinni tan olish va Isroilga qarshi sanksiyalar joriy etish taklifi rad etildi

    Dunyo | 24 avgust, 13:42

    O‘zbekistonda xonandalar daromadi to‘g‘risida soliq deklaratsiyasi to‘ldirishni boshladi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 13:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.