O‘zbekiston kartoshka yetishtiruvchilari assotsiatsiyasi rahbari Elyor Toshpo‘latov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi 3-fevraldan boshlab Amerikaning Viskonsin shtatida tashrif uyushtirmoqda, Bu haqda O‘zbekiston TIVga tayanib, Sputnik xabar berdi.
O‘zbekistonlik mutaxassislar u yerda katoshka yetishtirish bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar bilan hamda AQShning urug‘ yetishtiruvchi kompaniyalari va xo‘jaliklari bilan tanishmoqda.
O‘zbekistonliklar Amerikada har yili bo‘lib o‘tadigan kartoshka yetishtiruvchilar yillik ko‘rgazmasida ishtirok etadi hamda AQSh kartoshka urug‘lari banki vakillari bilan tanishishadi.
Amerika Qo‘shma Shtalarida yiliga 20 million tonna kartoshka yetishtiriladi. Viskonsin shtatida esa – eng yirik kartoshka urug‘lari banki joylashgan.
Izoh (0)