• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Marhum qiynalib o‘lgan”. Tibbiy ekspert Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sudda nimalar dedi?

    Joriy yilning 21-yanvar kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida Jamshid Kenjayev ishi bo‘yicha sud jarayoni boshlangandi. Sud majlisining dastlabki kunida sudlanuvchilar so‘roq qilingan, keyingi majlisda guvohlar tinglangandi. 4-fevral kuni ushbu ish yuzasidan davom etayotgan sud jarayonining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

    Foto: Repost

    Foto: Repost

    Sud majlisida voqea jarayonida davlat sud eksperti Shuhrat Rajabov va klinik ordinator, tez yordam shifokori Ro‘ziqul Sherbo‘tayev guvoh sifatida tinglangan.

    “9-avgust kuni Mirobod tuman katta tergovchisi Umarov tomonidan chiqarilgan qaror asosida Kenjayevning murdasida tekshiruv o‘tkazganman. Tekshiruvga ko‘ra, tashqi tomondan Kenjayevning tanasida uzunligi 1 sm, ko‘krak qafasi old yuzasi qo‘ltiq osti qovurg‘asi ostida tanaga nisbatan ko‘ndalang yo‘nalgan sanchib kesilgan yara bor edi. Ikkinchi yara ko‘krak qafasi old yuzasi o‘ng tomonda qo‘ltiq osti old chizig‘i bo‘ylab 10-qovurg‘a ostida tanaga nisbatan ko‘ndalang joylashgan o‘lchamlari 4,5 ga 1 santimetrlik jarohat choklari tikilgan. Boshqa yaralar dumba sohasida chuqurligi 4-5 santimetrni tashkil etgan. Boshning o‘ng chakka, tepa, ensa sohalarida jami 6ta yara mavjud bo‘lgan. Chap qo‘l, tirnoq, barmoq ichki va tashqi qismida analogik yaralar mavjud. Qovoq sohasida va o‘ng yelka bo‘g‘inida qontalashlar qayd etilgan.

    O‘limga sababchi bo‘lgan jarohat — qorin devorini teshib o‘tib jigar, ichaklar va pastki vena shikastlanishiga sabab bo‘lgan sanchib kesilgan yarasi sabab gemalogik shok, ichki va tashqi qon ketishlaridan yuz bergan.

    Kenjayevning qonida alkogol aniqlangan. Uning darajasi tirik odamlarda o‘rta darajadagi mastlik holatiga to‘g‘ri keladi. Bu darajada odam o‘zini boshqara oladi. Holatni yanada aniqlashtirish uchun komissiyaviy tarkibda ekpertiza maqsadga muvofiq”, — degan mutaxassis.

    Shundan so‘ng, sud ekspertiga sud majlisida savollar berib o‘tilgan. Marhum qiynalib o‘lgan yoki o‘lmagani borasidagi fikri so‘ralganida, “qiynalib o‘lgan” deya javob berdi.

    “Shahar tez-tibbiy yordam bo‘limida ko‘chma brigada shifokori bo‘lib ishlaganman. Bizga soat 00:48 larda signal bo‘lganidan so‘ng voqea joyiga yetib bordik. Taxminan 8-9 daqiqada bordik. Borganimizda o‘rta yoshli shaxs chalqancha yotgan, qonga belangan, jarohatlar olgan holatda aniqlandi. Birinchi yordam ko‘rsatishga kirishdik. Kerakli muolajalar qilindi. Yonimda feldsherim bor edi. Yaqin hududdagi 7-shahar klinik shifoxonasi xirurgiya bo‘limiga zudlik bilan olindi.

    Borganimizda bemorning boshiga yostiq qo‘yilgan edi. Qon ketish alomatlari kuzatildi. Bemor hushsiz, ahvoli og‘ir edi. Qon bosimi juda past chiqdi. Qon bosimini ko‘taruvchi va qon to‘xtatuvchi vositalardan foydalandik. Yo‘lda bemor judayam qattiq og‘riq borligi haqida aytdi.

    Jarohatlar soni ko‘pligini hisob olib, tezroq olib borishni o‘yladik. Bemorning boshiga qo‘yilgan yostiq qonga belandi.

    Hayotiy muhim ko‘rsatkichlarning yomon tarafga o‘zgarganini ko‘rish mumkin edi. Bemorni shifoxonaga yetkazib bordik. Bu mo‘jiza edi”, — deya ta’kidlab o‘tdi birinchi yordam ko‘rsatgan shifokor.

    Bugungi sud majlisi so‘ngida jabrlanuvchi, bemorning turmush o‘rtog‘i sudga iltimosnoma kiritdi. Unga ko‘ra, ish hujjatlariga marhumning o‘limi bilan yakunlangan pichoqbozlik jarayoni aks etgan videoyozuvni qo‘shish so‘ralgandi. Shuningdek, jabrlanuvchi tomon ayblanuvchilar sifatida 4 kishi emas, 11 kishini ko‘rishni istayotganini, marhum bir farzandi va otasining boquvchisi bo‘lganini inobatga olib, ma’naviy va moddiy zararni qoplash so‘ralgan.

    Sud jabrlanuvchining iltimosnomasini qisman qanoatlantirdi. Videotasvir tushirilgan disk ish hujjatlariga qo‘shib ko‘rib chiqilishi aytildi. Zararni qoplash masalasi sud hukmiga binoan amalga oshirilishi tushuntirildi.

    05.02.2019, 18:09   Izoh (0)   309733
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon shahar hokimi sektor hududidagi ko‘chada 1,5 yildan beri ichimlik suvi isrof bo‘lmoqda

    05.02.2019, 18:07

    6-fevral kuni O‘zbekistonda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin

    05.02.2019, 17:56

    O‘zbekistonda davlat ramzlariga hurmatsizlik qilgan yoshlarga chora ko‘rildi

    05.02.2019, 17:30

    GM Uzbekistan nomi o‘zgaradi

    05.02.2019, 16:54

    O‘zbekiston kartoshkani Pokistondan sotib olayotgani uchun Qirg‘iziston zarar ko‘rdi

    05.02.2019, 16:45

    Odil Temirov “O‘zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi etib tasdiqlandi

    05.02.2019, 16:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10

    Saudiya Arabistoni Superkubogi. “Al-Ahli” Ronaldu boshchiligidagi “An-Nassr”ni mag‘lub etib bosh sovringa ega chiqdi

    Sport | 23 avgust, 19:50

    O‘tgan 32 yil: Sobiq Sovet davlatlarida aholi jon boshiga daromad qanday o‘zgardi?

    O‘zbekiston | 23 avgust, 19:39

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.