• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12502.99
    • RUB155.94
    • EUR14484.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2 mlnga yaqin namunali oilaning ma’lumotlar bazasi shakllantirildi

    Prezidentning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tashkil etilganiga bir yil to‘ldi. Shu munosabat bilan uyushtirilgan media anjuman xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash hamda oila institutini mustahkamlash bo‘yicha o‘tgan yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlandi. Bu haqda “Daryo”ga markaz axborot xizmati ma’lum qildi.

    Foto: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

    Foto: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

    Anjumanda ta’kidlanganidek, yuqoridagi farmon bilan mutlaqo yangitdan shakllantirilgan “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazining asosiy vazifasi sifatida jamiyatda zamonaviy namunali oila mezonlarini joriy etish, fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish va o‘tkazish, davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlarini oilani mustahkamlash g‘oyasi atrofida birlashtirish, bu borada samarali yagona davlat siyosatini yuritish kabi maqsadlar belgilandi. Ana shu kabi mas’uliyatli vazifalarni amalga oshirish maqsadida Markaz faoliyatiga yetakchi olimlar, psixologlar, huquqshunoslar, oilashunos ekspertlar, shuningdek, xorijlik mutaxassislar keng jalb etildi.

    Hamkor tashkilotlar ko‘magida o‘tgan bir yil mobaynida oilalardagi holatlar ko‘rsatkichlarining aniq masshtabini aniqlab olinib, ularni har bir hudud kesimida, hududning o‘ziga xos geografik, etnik-ijtimoiy, tarixiy, madaniy-ma’rifiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oilalarga tegishli masala va muammolarga ilmiy usullarda, amaliy tadqiqotlar, ijtimoiy so‘rovlar olib borish orqali tahliliy yondashib ishlandi.

    Xususan, oilaviy muammolarni tizimli asosda bartaraf etish maqsadida 10 dan ziyod tadqiqot o‘tkazilib, shu asosda ishlab chiqilgan bir qator ilmiy tahlil va tavsiyalar Hukumat va mutasaddi tashkilotlarga taqdim etildi.

    Misol uchun, Sirdaryo viloyatida ajrashish holati qayd etilgan 250 dan oshiq oilada bu ko‘ngilsiz hodisaga sabab bo‘lgan oqibatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazilib, uning natijalari bo‘yicha barcha hamkor tashkilotlar bilan tayyorlangan “Oilani mustahkamlash va oilaviy ajrashishlarning oldini olish chora-tadbirlari rejasi” Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanib, ijroga yo‘naltirildi. Umuman, “Oila” markazining hududiy boshqarma va bo‘limlari daxldor tashkilot-muassasalar bilan birgalikda tizimli kompleks chora-tadbirlarning ijrosi ta’minlangani bois respublika bo‘yicha ajrashish arafasida turgan 23554 ta nizoli oilaning ishi sudga yetib bormasdan ijobiy hal etildi.

    Foto: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

    Foto: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

    Yosh oilalar o‘rtasida ajrashishlarning asosiy sabablarini aniqlash maqsadida barcha hududlarda 1400 nafar qiz va 400 nafar yigit o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar, jumladan, “Siz oila qurishga tayyormisiz?” mavzusida ekspress-so‘rov o‘tkazildi. Ilmiy-amaliy tadqiqotlarda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ajrashgan oilalarning 40 foizdan ortig‘i agar vaqtida yordam berilganida, ajrashmagan bo‘lar edik, degan fikrni bayon etdi. Bundan xulosa shuki, aksariyat yoshlar bugun mustaqil oila qurishga, ro‘zg‘or yuritishga tayyor emas, bu boradagi zarur bilim, malaka va ko‘nikmalar yetishmaydi. Ana shunday muammolarga yechim topish maqsadida o‘tgan yili ilk bor Toshkent viloyatining Parkent tumanida nikohlanuvchi yoshlar o‘rtasida tajriba tariqasida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

    Mazkur o‘quvlarda qatnashib, so‘ng nikoh qurgan 120 ta yosh oilaning turmush tarzi, o‘zaro munosabatlari, oilasi barqarorligi monitoring qilinib borilishi barobarida, o‘quv mashg‘ulotlari keyingi guruhlar bilan izchil davom ettirilmoqda. Ushbu sinov-tajriba Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida “Oila” markazi, Yoshlar ittifoqi va Xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyatini yo‘lga qo‘yishga zamin yaratdi. Bu maskanda malakali mutaxassislar va trenerlar ko‘magida oilaviy hayotning psixologik, huquqiy, tibbiy, iqtisodiy, reproduktiv, diniy-ma’rifiy, ma’naviy-axloqiy jihatlari yosh oila quruvchilarga 16 soatlik o‘quv dasturi asosida o‘rgatib borilmoqda. Xuddi shunday “Kelin-kuyovlar innovatsion maktabi” faoliyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo, Samarqand, Namangan viloyatlarida ham yo‘lga qo‘yildi.

    Respublika bo‘yicha 35485 ta qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilaning muammolari “Oila” markazi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan bamaslahat tahlil etilib, 16288 ta oilani nochorlikdan chiqarish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi va 3500 ta oila nochorlikdan chiqarilishiga erishildi. Mamlakat miqyosida muammosi bo‘lgan 11127 ta oila bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa yo‘lga qo‘yilib, o‘z navbatida, 2 millionga yaqin namunali oilaning ma’lumotlar bazasi shakllantirildi. Oltinko‘l, Asaka, Parkent, Zangiota, G‘uzor, Chortoq, Denov, Bog‘ot, Yangibozor, Xo‘jayli, Beruniy kabi hududiy tumanlar bo‘limlarida alohida tashabbuskorlik ko‘rsatilib, oilalar bilan ishlashning o‘ziga xos yangi uslublari yaratildi.

    Foto: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

    Foto: “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi

    Markaz Innovatsion rivojlanish vazirligining moliyaviy ko‘magida “O‘zbekistonda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari” hamda “Demografik xavfsizlik jihatidan oilani mustahkamlash muammolarini tadqiq etishning konseptual asoslari” mavzusida fundamental loyihalar doirasida ilmiy izlanishlar olib bordi. Shuningdek, Xorazm, Surxondaryo, Samarqand, Toshkent va Andijon viloyatlarida onalar va go‘daklar o‘limi holatlari sabablarini chuqur tahlil qilish va muammolarni bartaraf etish yuzasidan o‘rganishlar olib borilib, “Hududlarda onalar va go‘daklar o‘limining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi” loyihasi ishlab chiqildi va hukumatga kiritildi.

    O‘tgan yili Markaz faoliyatida O‘zbekistonda oila institutini mustahkamlash konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish yuzasidan “Yo‘l xaritasi”ning ijrosini ta’minlash ustuvor ahamiyat kasb etdi. Mazkur hujjat ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda sotsiologik so‘rovlar o‘tkazilib, ilmiy-amaliy tadqiqot ishlari olib borildi hamda shu asosda zamonaviy namunali oila modeli ishlab chiqildi.

    Umuman, o‘tgan 2018-yil “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirilib, muayyan natijalar qo‘lga kiritildi. Bu sa’y-harakatlar joriy yilda ham izchil davom ettirilishi anjumanda qayd etib o‘tildi.

    03.02.2019, 21:34   Izoh (0)   14849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    4-fevral kuni Toshkentning Qoratosh va Chorsu mavzelarida ichimlik suvi o‘chiriladi

    03.02.2019, 21:31

    Farg‘onada mahalladoshining uyidagi vagonchada mast holda uxlab qolgan fuqaro isitish pechidan chiqqan yong‘inda halok bo‘ldi

    03.02.2019, 21:05

    O‘zbekistonda xorijlik ekspert Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga maslahatchi bo‘ldi

    03.02.2019, 20:50

    O‘zbekiston IIV terrorizm moddasi bo‘yicha sudlangan mahkum Iskandar Xudayberganovning sog‘ligi yomonlashgani haqidagi xabarlarni rad etdi

    03.02.2019, 20:36

    Buxorolik fermerlarni shantaj qilgan navoiylik ayol va uning tanishi qo‘lga olindi

    03.02.2019, 20:21

    O‘zbekiston poyezdlari dunyoning eng tezyurar poyezdlari reytingidan joy oldi

    03.02.2019, 20:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt tahdid yoki moliyaviy rag‘batdan keyin batafsilroq javob berishi aniqlandi

    Dunyo | 7 avgust, 00:15

    Iyunda O‘zbekiston dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin xarid qildi

    O‘zbekiston | 6 avgust, 23:59

    Efiopiyada birinchi marta odam savdogarlari o‘lim jazosiga hukm qilindi

    Dunyo | 6 avgust, 23:55

    Superliga. 6 ta gol kiritilgan bahsda “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Mash’al”ni mag‘lub etdi

    Sport | 6 avgust, 23:51

    Xitoyda komadagi qiz universitetga qabul qilinganligi haqidagi xabarni eshitgach, o‘ziga keldi

    Dunyo | 6 avgust, 23:41

    Zelenskiy Tramp bilan tinchlik istiqbollarini muhokama qildi

    Dunyo | 6 avgust, 23:27

    Isroil bosh vaziri G‘azo sektoridagi operatsiya tufayli Bosh shtab rahbari bilan kelishmovchilikka bordi

    Dunyo | 6 avgust, 23:20

    Dunyo bo‘ylab plyajlar yo‘qolib ketish xavfi ostida — FT

    Dunyo | 6 avgust, 23:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.