O‘zbekiston eng tezyurar poyezdlarga ega bo‘lgan mamlakatlar reytingidan o‘rin oldi, deb xabar qilmoqda Sputnik GoEuro nashriga tayanib.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Global High-Speed Train reytingida O‘zbekiston Norvegiya, AQSh, Finlyandiyadan ham oldinga o‘tib 17-qatordan joy oldi.
Reytingni tuzishda poyezdlarning eng katta tezligi, operatsion tezligi, mamlakatning temir yo‘llar tarmog‘i uzunligi hamda aholining 1 km yo‘lga qiladigan xarajati kabi ko‘rsatkichlar hisobga olingan.
Reytingning eng yuqori qatoridan Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy o‘rin olgan. Rossiya 15-qatorda joylashgan.
Nashrda yozilishiga ko‘ra O‘zbekiston poyezdlarining eng katta tezligi 255 km/soatni tashkil qiladi. Operatsion tezlik esa 250 km/soatni tashkil qiladi. O‘zbekiston temiryo‘l infratuzilmasida tezyurar poyezdlar ulushi 8,21 %ni tashkil qiladi.
Izoh (0)