Oliy Majlis Senati raisi Qosim Jomart Tokayev deputat Azat Peruashyevning Qozog‘istonni qayta nomlanishi haqidagi taklifi haqida o‘z fikrini bildirgan, deya xabar beradi “Tengrinews”.
“Bizda “Qozog‘iston” so‘zi mamlakat nomida bor. Bizga shu yetadi. Nomimiz Qozog‘iston Respublikasi bo‘lib qolishi kerak.
Prezident barcha xalqaro kelishuvlarni Qozog‘iston Respublikasi nomidan imzolagan. Qozog‘istonni qayta nomlashning hech qanday asosi ham ma’nosi ham yo‘q. Bizda juda ko‘p boshqa muammolar mavjud”, — deydi Tokayev.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston Majlisi deputati Azat Peruashyev Qozog‘istonning Qozoq respublikasi deb qayta nomlashni taklif qilgan edi. Deputatning fikricha, bu tarixiy adolatni tiklashga yordam beradi.
Izoh (0)