Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikistonning So‘g‘d viloyati, Ayni shahrida joylashgan tergov izolyatorida 70 yoshli Istad Qurbonovaning o‘z joniga qasd qilishga urinishidan so‘ng tuman IIB xodimlari ishdan olindi. Bu haqda ASIA-Plus xabar berdi.

Foto: Ozodi.org

Foto: Ozodi.org

Ma’lum bo‘lishicha, yanvar oyi boshlarida Istad Qurbonova “Stroitelstvo STD” korxonasi hududida yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olishda ayblanib, hibsga olingan. 17-yanvar kuni tergov izolyatori majlisida o‘zini yoqib yuborish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilishga uringan va tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Shundan so‘ng So‘g‘d viloyati prokuraturasi ayolga ehtiyot chorasi sifatida chetga chiqib ketmaslik haqida tilxat yozdirib olgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olmagan, omborxona va hammom qurilgan yerni esa Sobiq Ittifoq davridayoq olgan.

Ushbu hodisa sababli tuman IIB xodimlari Idiboy Ziyoyev, Saidali Arbobov va Abduqodir G‘afforovlar ishdan bo‘shatilgan.

Tergov izolyatori nazoratchisi Sharifa Mirzosharipovaga nisbatan esa prokuratura tergov ishlari olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Bundesliga. “Bavariya” safarda g‘alaba qozondi va Germaniya chempioniga aylandi, “Borussiya D” o‘z maydonida “Mayns”ni yenga olmadi 
Dunyo
Yuk mashinasidan chiqqan natsistlar bayrog‘i, Buddaning tug‘ilgan kuniga atalgan ajdaho, model bo‘lgan chixuaxua — hafta suratlari
Mahalliy
Qamchiq dovonida tormozi ishlamay qolgan yuk mashinasi YTH sodir qildi