• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kambag‘allik nega qimmatga tushadi?

    Dunyo iqtisodiyotini notenglik barbod qilmoqda. Bu olim uni qanday yengib o‘tish kerakligini biladi. Okko portali zamonamizning o‘ziga xos iqtisodiyotchisi va siyosiy arbobi Robert Rayxning qarashlari bilan o‘rtoqlashadi.

    Foto: Getty Images

    Daromadlarning notengligi butun dunyoning aktual muammolaridan biri bo‘lsa-da, hali unga mukammal yechim topilgani yo‘q. Masalan, Rossiya oxirgi 30 yilda aholining qashshoq qatlami 20 foizga yanada qashshoqlashganini, aksincha, qarama-qarshi tomondagi bir foiz eng badavlat qatlami yanada boyligi oshishi davom etayotgani, ya’ni o‘tgan davr ichida daromadlari 429 foizga oshganligi ma’lum bo‘lgan. Taniqli iqtisodchi olim va siyosiy arbob, butun umrini notenglik fenomeniga bag‘ishlagan Robert Rayx bir necha yillik izlanishlari natijasida bu hodisa tabiatini chuqur o‘rgangan va uning nimasi xavfli ekanligini tushuntiradi.

    Hamma narsa yoki hech nima

    Time jurnali Rayxni XX asrning eng mashhur amerikalik vazirlari o‘ntaligida qayd etgan. Turli yillarda turli mansablarda faoliyat yuritgan. Xususan, Garvardda professor, Federal savdo komissiyasi a’zosi, Bill Klinton saylovoldi guruhining iqtisodiyot bo‘limi rahbari va keyinroq uning qo‘l ostida mehnat vaziri bo‘lgan Rayx Amerika jamiyatidagi ijtimoiy-iqtisodiy notenglikni kamaytirish uchun qo‘lidan kelguncha harakat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, notenglik kapitalizm asosida shakllanadi. Buning hech qanday yomon tomoni yo‘q, axir badavlat bo‘lish va ijtimoiy zinadan yuqorilash istagi inson uchun yaxshi ruhlantirguvchi omil va har qanday mamlakatning iqtisodiy tarafdan o‘sishini ta’minlovchi muhim jihatdir.

    Professor AQShda ikki xil iqtisodiyot mavjudligiga e’tibor qaratadi. Bir tarafdan qaraganda, bu iqtisodiyot o‘ta yuqori va kelajagi porloq ko‘rinadi: AQShning yalpi ichki mahsuloti dunyo YaIMining to‘rtdan birini tashkil etadi, dunyoning deyarli yarim aksiyalari esa aynan Amerika kompaniyalariga tegishlidir.

    Oxirgi o‘n yillikda Amerika iqtisodiyoti xamirturush solingandek ko‘pchidi va o‘rta qatlamda ishlovchi amerikaliklar bu hosildan o‘z ulushlarini olishni rejalagan edi. Afsuski, rejalar rejaligicha qoldi va barcha iqtisodiy daromadlar aholining eng ustki qatlamiga nasib etdi.

    Robert Rayx, “Shokdan keyin” kitobidan

    Robert Rayx.

    Robert Rayx.
    Foto: AP

    Afsuski, AQSh iqtisodiyotining boshqa zaif tarafi ham borki, buni oddiy amerikaliklar his etadi. Narxlar oshishi, daromadlar kamayishi va ishsizlik darajasining oshishi shular jumlasidandir. Agar oddiy amerikalik fuqaroning 1978-yildagi daromadi yiliga 48 ming dollar bo‘lgan bo‘lsa, 2010-yilga kelib bu ko‘rsatkich, inflyatsiyani inobatga olsak, 33 ming dollargacha kamaygan. Shu vaqt oralig‘ida amerikalik boylar daromadi 390 mingdan 1,1 million dollargacha ko‘tarilgan.

    “Bir tasavvur qilib ko‘ring, — deydi Rayx, — Amerikaning 400 badavlat kishisi 150 million kam daromadli amerikalikdan ko‘proq mablag‘ga ega va bu amerikaliklarning yarim aholisidir”.

    Tushkunlikdan chiqish

    Iqtisodchi g‘alati va xavotirli vaziyatni tavsiflaydi. Aynan o‘rta qatlam iqtisodiyot barqarorligini ta’minlaydi. Bunday darajadagi boylikni Amerika o‘tgan asrning 20-yillarda hali bil mas edi. Pul massasining yetishmovchiligi aholidagi xarid qobiliyati keskin tushishiga olib keladi va bu iqtisodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri zarba beradi. Soliq yig‘imlari pasaygach, budjet tanqisligi yuzaga keladi, hukumat tibbiyot va ta’limni moliyalashni kamaytiradi. Ishlab chiqarish pasayadi va ishsizlik oshadi. Bu bosqichlarning hamma punktlari 1929-yilda boshlangan buyuk tushkunlik davrining u yoki bu qismini eslatadi. Rayx o‘sha davrda o‘nlab badavlat odamlar qo‘lida butun pul massasining 25 foizi, hozir esa 23 foizi turganini qayd etadi.

    Juda ko‘p yillar davomida oddiy amerikaliklar, daromad kamayishiga qaramay, odatiy hayot darajasini bir maromda ushlay bilgan. Lekin buning uchun ular ma’lum yo‘qotishlarga chidashga majbur. Masalan, XX asrning 70-yillarida Amerika mehnat bozorida ayollar yollana boshladi — bu ularning turmush o‘rtoqlarining qadrsizlangan maoshlarini va narx oshishini to‘ldirishga qaratilgan edi. 90-yillarda amerikaliklar o‘rindosh ishlash hisobiga ish soatlari oshdi va ular ikkinchi, hatto uchinchi qo‘shimcha ish qila boshladi. Hozirda ular haftasiga 70 soatdan oshiq ishlamoqda, bu yevropaliklarga nisbatan yiliga 300 soat ko‘p degani.

    Foto: Reuters

    “Ko‘pchilik nega ko‘p ishlasa ham borgan sari sharoit yomonlashayotganini va oldingi hayotiy darajada tura olmayotganini tushunmayapti, — deydi Rayx. — Ular bank va hukumatdagilarni aybdor deb hisoblaydi, ammo aslida nima bo‘layotganini tushunmaydi. Kelajak bu tarzda davom etadigan iqtisodiy to‘lqinga qarshi kurashishga tayyor emas. Yashash, tibbiy sug‘urta, ta’lim qimmatligi uchun odamlar yashash uylarini garovga qo‘yib, kredit olishga majbur bo‘lmoqda. Shu tufayli 2007-yilda aholining o‘ta darajadagi kreditlash tufayli ipoteka va moliya bozori izdan chiqib, bu jarayonga butun dunyo qo‘shilib ketdi. Juda ko‘p ekspertlar aynan shu ssenariy yaqin yillarda yana takrorlanishini prognoz qilmoqda.

    Yaxshiroq bo‘lishini ko‘zlashgan edi

    Haqli savol tug‘iladi: nega bunday bo‘ldi va qachon nimadir yuz berdi-yu, jamiyat notenglikni o‘tkirroq his eta boshladi? Professor Rayxning fikricha, dastlabki turtki prezident Ronald Reyganning soliq siyosatidan boshlangan. Buyuk tushkunlik davri tugashidan boshlab 70-yillar boshigacha katta korporatsiyalar daromad solig‘i hech qachon 70 foizdan tushmagan; bu davrni Rayx Amerika iqtisodiyotining eng gullagan bosqichi deb nomlaydi. Reygan soliqlarni keskin pasaytirish orqali iqtisodiyotni rag‘batlantirgan. Shunday qilib, maksimal daromad solig‘i 70 foizdan 28 foizgacha tushirilgan. Reyganning ushbu iqtisodiy siyosati reygonomika deb nom olib, haligacha ko‘p mutaxassislar muhokamasiga sabab bo‘lmoqda.

    Ronald Reygan.

    Ronald Reygan.
    Foto: AP

    Bill Klinton davrida soliq darajasi qayta o‘sdi va 39 foizgacha ko‘tarildi. Bundan tashqari, u kompaniya rahbarlarining daromadi million dollardan oshmasligini belgiladi. Bu qonuniy kuchga ega bo‘lgach, maslahatchilar direktorlar maoshi million dollardan oshsa, kompaniyadagi ulushini oshirish yo‘li bilan maosh to‘lashni taklif qildi. Shundan keyin direktorlar va direktorlar kengashiga aksiyalar orqali to‘lov qilish boshlandi. Bill Klintonning saylovoldi va’dasi shunday g‘ayritabiiy natijaga olib kelgan.

    Uorren Baffet.

    Uorren Baffet.
    Foto: AP

    Katta Jorj Bush davridan 2017-yilgacha maksimal soliq stavkasi 35 foizligicha saqlanib qoldi. Oddiy amerikalik uchun baland, milliarderlar uchun kam bo‘lmagan ko‘rsatkich. Ammo ko‘p milliarderlar bu foiz darajasida soliq to‘lamagan: ular uchun soliq 15 foizdan oshmagan. Chunki ularning asosiy daromadi investitsiyalar hisobidan shakllangan. Bir safar Uorren Baffet 17,7 foiz soliq to‘layapman, ammo ishchilarim 32,9 foiz soliq to‘laydi, kotibamdan boshqa hech qaysi hamkasbim menchalik kam soliq to‘lamagan, deb tan olgan edi. Oxirgi 10 yillikda soliq siyosati badavlatlar foydasiga, o‘rta qatlamga qarshi ishladi.

    Ikki stulda o‘tirish

    Mantiqiy o‘ylab qaralsa, hukumat boylar tarafida ekan, bu hukumatni ular sotib olgan. Rayx lobbizm keng qanot yoyganidan va saylovlarga sarflanayotgan pullardan xafa bo‘ladi.

    “Liberal va konservator milliarderlar bor. Ulardan ba’zilari sizga yoqadigan natijani sotvolsa, boshqalari yoqmaydiganini sotib oladi. Buning uchun katta pul to‘lashadi. Saylovni auksionga aylantirish mumkin emas”, — deydi Rayx.

    2016-yildagi saylovlarda biznesmen va milliarder Donald Tramp g‘alaba qozonganida demokratik kayfiyatdagi amerikaliklar g‘azabini yashirmagan edi.

    Hozirgi prezident hokimiyatdan biznesdagi daromadini oshirish uchun foydalanmoqda, degan haqli ayblovlar ham bor. Bu ayblovlarni uning soliq siyosati ham bir qadar tasdiqlaydi. Undan oldingi prezident Barak Obama o‘rta qatlam baland soliq to‘lashiga qarshi chiqqan va bu siyosatga o‘zgartirish kiritgan edi. Unga ko‘ra, u dividendlar olinadigan soliqni 15 foizdan 23 foizga, keyinroq 28 foizga ko‘targan edi. Trampning qarashlari esa boshqacharoq. U biznesmen va tadbirkor qatlamga soliqda yengillik berish kerak deb hisobladi. Natijada yuridik shaxslar uchun soliq keskin o‘zgarib, 35 foizdan 21 foizga kamaydi.

    Donald Tramp.

    Donald Tramp.
    Foto: AP

    Ushbu qonunga qarshilar soliq yuki tufayli sog‘liqni saqlash va ijtimoiy yordamni moliyalash qisqarganini va bundan badavlat amerikaliklar foyda olayotganini tasdiqlaydi. Rayx xulosa o‘rnida globalizatsiya Amerika xalqiga foyda keltirmadi va demokratiyani plutokratiyaga (o‘g‘rilar hokimiyatiga) aylantirib, oligarxatni qo‘llab-quvvatlad, deydi. Qashshoqlik bor ekan, notenglikka qarshi kurashuv davom etadi va dastlabki qadam me’yoriy yashash sharoitiga ega bo‘lishdir. Nima bo‘lganda ham bu jarayon to‘g‘rilangunicha hali ancha vaqt o‘tadi.

    31.01.2019, 20:34   Izoh (0)   42746
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Korsikada odamlarga qarata o‘q uzgan erkak uyidan o‘lik holda topildi (video)

    31.01.2019, 17:45

    Kenguruning dastlabki vakillari daraxtlarda yashagan

    31.01.2019, 17:25

    Tojikiston tergov izolyatoridagi ayolning o‘z joniga qasd qilishga urinishidan so‘ng uch nafar militsiya xodimi ishdan olindi

    31.01.2019, 16:41

    Qozog‘iston Senat raisi: Mamlakatni qayta nomlashda hech qanday ma’no yo‘q

    31.01.2019, 16:18

    Kashandalarni Haj va Umraga yubormaslik taklif qilinmoqda

    31.01.2019, 15:30

    Malayziyaning yangi qiroli taxtga o‘tirdi

    31.01.2019, 15:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.