Venesueladagi namoyishlar oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qurbonlar Venesuelaning o‘nlab shtatlarida qayd etilgan. Qurbonlarning katta qismi, ya’ni 10 kishi mamlakatning markaziy tumanida kuzatilgan. Shuningdek, Bolivar shtatida ham sakkiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.
Venesuela hukumati namoyishlar vaqtida halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotni tasdiqlamayapti.
Izoh (0)