AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Amerika tomoni “Tolibon” radikal harakati bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Zalmay Xalilzodning izohlashicha, bu kelishuv tolibonlarning Afg‘oniston hukumatiga qarshi qonli qarama-qarshiliklariga chek qo‘yishi va natijada AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan butunlay olib chiqib ketishga zamin hozirlaydi.
AQSh davlat kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakilining so‘zlariga ko‘ra, kelishuvga ko‘ra “Tolibon” Afg‘onistonda barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha bor kuchini safarbar etadi.
Dekabr oyida AQSh Afg‘onistonda o‘z qo‘shinlarini qisqartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan edi.
Izoh (0)