KXDR hukumati Janubiy Koreyani harbiy mashqlardan voz kechishga chaqirgan, deya xabar beradi “TASS”.
Harbiy mashqlar Koreya yarim orolidagi tinchlik va muloqot muhitiga putur yetkazishi mumkinligi qayd etilgan.
Maqolada keltirilishicha, Janubiy Koreya harbiy hukumati yil boshidan buyon ko‘plab qo‘shinlarni safarbar qilish orqali harbiy mashqlar o‘tkazmoqda.
Yanvar oyi boshida Janubiy Koreya tomonidan amalga oshirilayotgan terrorizmga qarshi kurash mashg‘ulotlari, shuningdek harbiy budjetini oshirish va AQShdan yangi qiruvchi texnologiya sotib olish niyati katta havotir uyg‘otmoqda.
“Shimol va Janub tinchlik va farovonlik yo‘lida harakat qilish istagi bor ekan, barcha harbiy mashqlar va chet eldan har qanday harbiy texnika sotib olish to‘xtatilishi kerak”, — degan edi Kim Chen In o‘zining Yangi yil tabrigida.
2018-yilning 27-aprelida bo‘lib o‘tgan sammitda Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje In va KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarda dushmanlik harakatlarini to‘xtatish bo‘yicha bayonotga imzo chekkan.
Shimoliy va Janubiy Mudofaa vazirlari Mun Chje Inning 18—20-sentabr kunlari Pxenyangga qilgan tashrifi davomida Koreya yarim orolini ajratib olgan harbiylar o‘rtasidagi ziddiyatlarni kamaytirish va harbiylar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarni bartaraf etishga qaratilgan hujjatni imzolagan.
Izoh (0)