28-yanvar kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyada tez orada IShIDning barcha jangarilarini yo‘q qilishga va’da berdi, deb xabar berdi TASS.
Bu haqda Prezident Istanbulda so‘zlagan nutqida ma’lum qilgan.
“Turkiya yaqin kunlarda IShIDni yo‘q qiladi. Shuningdek, Furot daryosining sharqiy hududlarida joylashgan yerlarda tez orada xavfsizlik, barqarorlik va osoyishtalikni o‘rnatamiz”, — deyiladi xabarda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)