Kanadaning Kvebek provinsiyasidagi avtotrassalardan birida avtomobillarning ommaviy to‘qnashuvi yuz berdi, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Yirik YTHda 50 ta transport vositasi ishtirok etgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halokatga qiyin ob-havo sharoiti — kuchli qorli bo‘ron sabab bo‘lgan.
Favqulodda holat Monreal yaqinida yuz bergan.
Hodisa oqibatida bir necha kishi jabrlangan, ularning ayrimlari kasalxonaga yotqizilgan.
Jabrlanganlar haqida boshqa aniq ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)