• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Xarob yo‘llar, gaz pastligi va elektr ta’minotidagi uzilishlar”. Mo‘minobodliklar nimadan norozi?

    “Zarafshon” gazetasida jurnalist Anvar Mustafoqulovning “Mo‘minobodliklar nimadan norozi?” sarlavhali maqolasi chop etildi. Maqolada Urgut tumani Mo‘min­obod mahallasi aholisini qiynayotgan muammolar tilga olinadi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: “Zarafshon” gazetasi

    Foto: “Zarafshon” gazetasi

    Davlat boshqaruv idoralari rahbarlarining sayyor qabuli deysizmi, hokimlar ishtirokidagi “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvimi, tahririyatimizga kelayotgan shikoyatlarmi, ularning aksariyatida ko‘tarilayotgan muammo bir birini takrorlaydi: xarob yo‘l, elektr ta’minotidagi uzilish, gaz bosimi pastligi... Bu esa mazkur sohalar uzoq yillar davomida e’tibordan chetda qolganini anglatadi.

    Tahririyatimizga Urgut tumanining Mo‘min­obod va Mo‘minobod-2 mahallalarida yashovchi bir guruh fuqarodan kelgan shikoyat xatida ham shu kabi muammolar tilga olingan.

    Jumladan, xatda shunday deyiladi:

    “… Avtomobil yo‘llari bundan qirq yil oldin qurilgan bo‘lib, bugungi kunda ta’mirlashning iloji qolmagan. Atrofdagi beshta qishloqda yashovchi 30 ming aholi uchun qurilgan elektr tarmoqlari – ustunlar, simlar, transformatorlar yaroqsiz holga kelib qolganligi uchun chiroq tez-tez o‘chib turadi. Qo‘shni qishloqlarda bu muammolar hal etilgan, ammo bizda muammo – Mo‘minobod va uning atrofidagi Terak, Chumchuqli, Xo‘jabdol, Qatag‘on qishloqlari uchun oilaviy poliklinika zarur, bolalar bog‘chasi ham kerak…”

    Masalani joyida o‘rganish uchun Urgutga yo‘l oldik. Mo‘minobod mahallasiga borar ekanmiz, yo‘ldagi bir holat bizni hayron qoldirdi. Tuman markazidan Mo‘minobodga borishda Ispanza qishlog‘i orqali o‘tilarkan. Ispanza – qadimiy, savdo-sotiq rivojlangan, aholisining tadbirkorligi bilan azaldan nom qozongan qishloq. Ana shu qishloq yo‘llarini ko‘rib beixtiyor “Mo‘minobodga yetib kelibmiz” degan xayolga bordik. Bizningcha, qishloq yo‘lining bu holatidan faqat mahalliy hokimlik emas, aholi ham uyalishi kerak. Ana shu o‘y-xayollar bilan qishloqqa kirib keldik.

    Foto: “Zarafshon” gazetasi

    Foto: “Zarafshon” gazetasi

    “Elektrik”ni chaqirish osonmas...

    Bir vaqtlar Mo‘minobod va tuman markazi oralig‘i mashinada 12 daqiqalik yo‘l bo‘lgan ekan. Biz esa yarim soatdan ortiqroq vaqt sarf­ladik.

    “Eng og‘riqli muammomiz ham ana shu yo‘llarning xarobligi.  Shukur, elektr ta’minoti so‘nggi bir yilda yaxshilandi. Ammo qish kelgach, turli avariyalar ko‘payib ketadi. Avariya yuzaga kelib uzilish bo‘lgach, elektrikni chaqirish ham oson bo‘lmaydi. Qator qo‘ng‘iroqlar, mahalla aralashuvi va iltimoslar bilan mutaxassis kelgunicha yarim kun o‘tib ketadi. Qishlog‘imiz tog‘lar bag‘rida joylashgani uchun shamol ko‘p, salgina kuchliroq esgan shamol yana uzilishlarga sabab bo‘laveradi”, – deydi 73 yoshli Amir Haydarov.

    “Bu muammolarga aslida tomoshabin bo‘lib turganimiz yo‘q. Hashar qilib 70 mashina qum, tosh to‘kkan vaqtimiz ham bor. Qo‘ldan kelguncha tekislaymiz. Aholini o‘z yo‘llarimizni obod qilishga chaqirganimizda ko‘pchilik bu ishga bosh qo‘shadi. Elektr uskunalarini esa o‘zimizcha ta’mirlash yoki avariya holatlarini bartaraf etishga, tabiiyki, haqimiz yo‘q”, – dedi Mo‘minobod-2 mahallasi raisi G‘ayrat Ahadov.

    Darhaqiqat, mahalladagi elektr tarmoqlari 40 yildan buyon ta’mirlanmagan. Sim­yog‘ochlar eskirib ketgan. Transformatorlar ham aynan mana shu sabab bilan tez-tez ishdan chiqarkan. Mazkur holatni tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari Jumaniyoz Aripov quyidagicha izohladi:

    “Bu muammo faqat Mo‘minobod yoki Urgut tumaniga xos emas. Ko‘p hududlarda elektr tarmoqlari eskirib ketgan. Ammo keyingi yillarda tarmoqlar yangilanmoqda. Eskirgan uskunalar tez-tez avariya holatini yuzaga keltirishi bilan bir qatorda 15-30 foizgacha quvvatning yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. Har yili o‘rtacha 4—5 tadan transformatorni yangilayapmiz. 2018-yilda esa 6 ta transformator yangilanib, 30 kilometrlik simlar yangisiga almashtirildi. Mo‘minobod hududida eskirgan transformatorlarni joriy yilda yangilashni rejalashtirganmiz”.

    30 ming aholiga bitta QVP

    Hududda qishloq vrachlik punkti, hatto tez yordam xizmati ham bor ekan. 6 nafar umumiy amaliyot vrachi, 20 patronaj hamshira faoliyat ko‘rsatadi. Ammo sharoitlar yetarli emas, xonalarning ayrimlari ta’mirtalab. Shuning­dek, tor mutaxassislarning yo‘qligi, tibbiy asbob-uskunalar yetishmasligi sabab aholi oilaviy poliklinika so‘ramoqda.

    “Yo‘limizning ahvolini ko‘rdingiz. Qishloq vrachlik punktida mutaxassislar bo‘lmagach, ba’zan bemorni shoshilinch tuman markaziga olib borishga to‘g‘ri keladi. Agar o‘zimizda oilaviy poliklinika bo‘lsa, barcha zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan ta’minlansa, 30 ming aholi yashaydigan to‘rtta mahalla uchun ham qulay bo‘lardi”, – deydi mahalla faoli Fayzi Karimov.

    Mazkur masalalar yuzasidan Urgut tumani hokimi M.Turdiyevga murojaat qildik. Hokim barcha muammodan xabardor ekan.

    “Ha, yo‘llar eng og‘ir muammo bo‘lib turibdi. Uzoq yillar davomida ortga surilib kelayotgan masala bu. Bir yil ichida barcha yo‘llarni ta’mirlashimiz qiyin. Har yili eng og‘ir yo‘llarni ta’mirlayapmiz. Birgina o‘tgan yil tumanda 18 kilometr yo‘lni asfalt qildik. Mo‘minoboddagi qishloq oilaviy poliklinikasi esa joriy yilda kapital rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda qarorimiz bor. Bolalar bog‘chasini tashkil etish masalasida shuni aytishim kerakki, oilaviy va davlat xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasasi ochish bo‘yicha mo‘minobodlik tadbirkorlarning arizasi bor. Ularga sharoit yaratib beramiz. Aholining hech bir shikoyatini noo‘rin deyolmaymiz, albatta. Navbati bilan muammolarni hal etamiz”, – dedi M.Turdiyev.

    Mo‘minobodliklar qancha soliq to‘laydi?

    Tuman hokimi suhbat jarayonida Mo‘minoboddagi singari muammolarni hal qilish, obodonlashtirish, ta’mirlash ishlarini bajarish mahalliy byudjetga aholidan tushadigan soliqlarga ham bog‘liqligini ta’kidladi.

    Shu o‘rinda biz Mo‘minoboddan budjetga qancha soliq kelib tushishiga qiziqib ko‘rdik. Tuman davlat soliq inspeksiyasiga ana shu masala bo‘yicha murojaat qildik. Aholining necha foizi yer-mulk solig‘ini o‘z vaqtida to‘lash-to‘lamasligiga oydinlik kiritishini so‘radik. Afsuski, oradan bir necha kun o‘tib ham mazkur idoradan hech qanday ma’lumot ololmadik. Muhimi, tuman hokimi muammolarga yechim topishga va’da berdi. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.

    Lekin baribir Urgut tuman davlat soliq inspeksiyasidan savolimizga javob kutamiz.

    24.01.2019, 13:02   Izoh (0)   48202
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda jinoyatchilik 2017-yilga nisbatan 32 foizga kamaydi

    24.01.2019, 12:27

    O‘zbekistonda aholi o‘rtasida tushunmovchilik keltirib chiqaradigan diniy materiallarni tarqatish taqiqlanadi

    24.01.2019, 12:24

    Farg‘onada bir necha marta zo‘ravonlik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan hukm o‘qildi

    24.01.2019, 10:52

    O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi ikki barobarga o‘sdi

    24.01.2019, 10:42

    O‘zbekistonda chet el yuridik shaxslariga kripto-birjalar faoliyati uchun litsenziya beriladi

    24.01.2019, 09:25

    O‘zbekistonda Alisher Navoiy jamg‘armasi tuzildi

    24.01.2019, 08:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yevropada xavfli virus tarqalmoqda: o‘lim holatlari qayd etildi

    Dunyo | 3 avgust, 21:15

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Saudiya Arabistoni klublari Vinisius transferidan voz kechdi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.