Alisher Navoiy hayoti va ijodiy merosiga bag‘ishlangan ilmiy konferensiyaga xalqaro maqom berilgani shoir ijodiga dunyo miqyosida qiziqish kuchayib borayotganidan dalolat bermoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.
— Anjuman tashkil etilgan yili uchta, o‘tgan yili 6 ta mamlakatdan navoiyshunos olimlar qatnashdi, — deydi xalqaro konferensiyaning mas’ul kotibi, adabiyotshunos olim Ulug‘bek Sattorov. — Bu yil 12 mamlakatdan 48 nafar navoiyshunos olim ishtirok etish istagini bildirib turibdi. Vengriya, Janubiy Koreya, Mo‘g‘uliston va Hindiston davlatlaridan tadqiqotchilar ilk bor qatnashadi.
Navoiy shahrida bu yilgi xalqaro konferensiya arafasida mamlakatda yagona bo‘lgan Alisher Navoiy jamg‘armasi tuzildi.
Kelgusida Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston, Afg‘oniston, Turkmaniston va boshqa davlatlarda jamg‘armaning filiallarini ochish ko‘zda tutilmoqda.
Izoh (0)